AsosiyJamiyat

5 yil uchun 100 million so`m aliment

'5 yil uchun 100 million so`m aliment'ning rasmi

Farzand uchun berilgan pullar uning ta`minotida muhim rol o`ynaydi. Uning sifatli ozuqalanishi, bilim olishi, ozoda kiyinib, tartibli hayot kechirishi uchun ham ma`lum mablag` sarf etilishini hech kim inkor eta olmaydi. 

Ota-onalik gardanidagi bu mas`uliyatni barcha birdek anglolmaydi. Balki shuning uchun ham qaramog`ida yosh bolalari bor yolg`iz onalar aliment undirish bo`yicha murojaat qiladi. Aliment bolaning moddiy ta`minoti haqida qonuniy eslatmadir.

Andijon tumani, Chorbog` mahallasida yashovchi S.J.ning ham endigina ikki yoshni qarshilayotgan o`g`il farzandi bor. Kelishmovchiliklar tufayli birga yashamayotgan oilaning aliment undiruvi bilan bog`liq ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Andijon tuman bo`limi ish yurituviga o`tgan yilning dekabr oyida kelib tushgan. 

Ijro harakatlari davomida alimen to`lovlari oyma-oy undirib kelingan. Shu orada aliment to`lovchi ota xorijga chiqish bo`yicha cheklov choralarini bekor qilinishi uchun oldindan 5 yillik to`lovlarni amalga oshirishini ma`lum qiladi.

Bank orqali yuz million so`m miqdorida to`langan aliment pullari undiruvchi S.R.ning plastik kartasiga o`tkazib berildi.

Endilikda, ota besh yildan so`ng aliment pullarini to`lashda davom etadi.
                                                                                                                                                                    Byuroning Andijon tuman bo`limi davlat ijrochisi Izzatilo Ergashev

    Boshqa yangiliklar