1

Shavkat Mirziyoev Toshkent xalqaro investisiya forumida investorlar uchun muhim ko`rsatkichlarni sanab o`tdi

Siyosat 02.05.2024, 11:51
Shavkat Mirziyoev Toshkent xalqaro investisiya forumida investorlar uchun muhim ko`rsatkichlarni sanab o`tdi

Shavkat Mirziyoev uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumida Investorlar uchun muhim ko`rsatkichlarni  sanab o`tdi:

- Yaqinda xususiylashtirish to`g`risidagi qonun qabul qilindi. 250 ta yirik korxonaning davlat ulushini va salkam 1000 ta ko`chmas mulk obektlarini sotish, 12 ta korxona aksiyalarini fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) uchun yangi dastur ham ishga tushirildi.

- Tadbirkorlar barqarorligi reytingi joriy etildi. Yuqori reytingga ega tadbirkorlik subektlari uchun soliq tekshiruvlari o`tkazilmaydi.

- Energetika yo`nalishidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tajribasini ijtimoiy va boshqa infratuzilma sohalarida ham keng tatbiq etish rejalashtirilgan.

- Tadbirkorlarga er ajratishning zamonaviy shaffof tamoyillari – ya`ni, ausion savdo tizimi yo`lga qo`yildi.

- Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lish doirasida qonunchilikni uyg`unlashtirishga qaratilgan 60 dan ortiq normativ hujjatlar qabul qilindi.

- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tuzilib, 2030-yilgacha mo`ljallangan Milliy strategiya ishlab chiqilmoqda.

- Nizolarni adolatli hal etish maqsadida Toshkent xalqaro arbitraj markazi muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Uning tarkibida Amerika Qo`shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Italiya, Shvesiya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlardan 90 dan ortiq nufuzli hakamlar o`rin olgan.

- Oxirgi etti yilda oliy ta`lim qamrovi 9 foizdan 42 foizga oshdi, oliy o`quv yurtlari soni 200 tadan ortdi.

- O`zbekistonda 90 dan ortiq davlatlarga vizasiz rejim joriy etildi.

Bizning asosiy maqsadimiz – O`zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir”, - dedi Prezident Shavkat Mirziyoev.


 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1