1

Markaziy bank 9 ta bankka jarima sanksiyalari qo`lladi

Iqtisodiyot 09.05.2024, 11:47
Markaziy bank 9 ta bankka jarima sanksiyalari qo`lladi

Banklar va to`lov tashkilotlarida Markaziy bankning ko`rsatmalari va prudensial me`yorlari talablarining bajarilishi, banklar va mikromoliya tashkilotlarida o`tkazilgan tekshirishlar natijalari muhokama qilindi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlarida o`tkazilgan o`rganishlar natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 16 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkiloti chora va sanksiyalar qo`llanilishi to`g`risida ogohlantirildi.

Shuningdek, ustav kapitalining miqdori “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonun talablariga muvofiqlashtirilmaganligi sababli 4 ta bankning ayrim operasiyalari cheklandi hamda amaldagi qonunchilik va Markaziy bank tomonidan o`rnatilgan iqtisodiy me`yorlar talablariga rioya qilinmaganligi va aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 9 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qo`llandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1