AsosiyDunyo

“Mehr” gumanitar operasiyasi orqali jami 531kishi urush o`choqlaridan O`zbekistonga qaytarildi

'“Mehr” gumanitar operasiyasi orqali jami 531kishi urush o`choqlaridan O`zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

Ma`lumki, “Iroq va Shom islom davlati” (IShID) xalqaro hamjamiyatning sayi-harakatlari natijasida 2019 yilda mag`lubiyatga uchradi. Davlatlar tomonidan beqarorlik davom etayotgan Suriya shimoli-sharqidagi hududlaridan o`z fuqarolarini olib chiqib ketish boshlandi.

Bu jarayon ijtimoiy, huquqiy jihatdan o`ta murakkab jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda ikki muammo mavjud edi. Avvalo hukumat jamiyatga ushbu jarayonni amalga oshirishga loyalligini shakllantirish, jamiyat a`zolariga ana shu operasiyani muhimligini asoslab berish zarur edi. Ikkinchisi turli tashkiotlar va davlat rahbarlari darajasida kelishib fuqarolarni o`zga hududlardan xavfsiz qaytarishni amalga oshirish hisoblanadi.

Mintaqa davlatlari o`ziga xos gumanitar tadbirlar orqali uni amalga oshirdilar. Jumladan, O`zbekiston 5 bosqichdan iborat “Mehr”,  Qozog`iston “Jusan” gumanitar operasiyalarini amalga oshirdi. Natijada O`zbekiston jami 531kishini, Qozog`iston 562 kishini, Tojikiston 84 bolani Vataniga qaytardi.

Ushbu jarayon bevosita davlat rahabrlarining tashabbuslari va maxsus kuchlarning jiddiy sayi harakati natijasida amalga oishirildi. Masalan, “Mehr” gumanitar operasiyasi O`zbekiston prezidenti Sh.Mirziyoev tashabbusi bilan amalga oshirilgan bo`lsa, Qozog`istonda davlat rahbari va mas`ul tashkilotlar tomonidan 2018 yilda 4 yillik reja ishlab chiqildi.  

Undan tashqari qaytarilganlarni reabilitasiya va reintegrasiya qilish, soddaroq qilib yondashadigan bo`lsak yana jamiyatni to`la qonli a`zosi qilib shakllantirish ham oson emas. Mintaqa davlatlari tajribalaridan shu narsa ayon bo`ladiki, bu jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqich ijtimoiy moslashuv bosqichi  bu bosqichda repatriantlar maxsus reabilitasiya maskanlariga joylashtiriladi. Sog`liqlari tiklanadi.

Ikkinchi bosqich reabilitasiya va dastlabki ijtimoiylashuv bosqichi. Bunda bolalarni tarbiyasi va ta`limi muammolari hal qilinadi.Kattalarni ish bilan ta`minlash muammolari hal qilinadi.

Uchinchi bosqich repatriantlarning jamiyatga reintegrasiya bosqichi. Bunda ularning dunyoqarashi o`zgartirilib jamiyatni to`laqonli a`zosi maqomiga olib chiqiladi. Qayd etish kerakki, bu bosqichlar biri ikkinchisini to`ldiradi.

Mintaqa davlatlarining repatriantlarni reabilitasiya va reintegrasiya qilish siyosati va amaliy faoliyati xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baholanib o`ziga xos model ekanligi qayd etildi. Jumladan, 2020-yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi doirasida Markaziy Osiyo davlatlarining bu boradagi tajribasini ko`rib chiqish bo`yicha parallel tadbir o`tkazildi. BMTning yuqori darajadagi vakillari undan boshqa davlatlar uchun namuna sifatida foydalanishni tavsiya qilishdi. Yoki BMTning Inson huquqlari bo`yicha Kengashining 2021 yil iyuldagi 47-sessiyasida O`zbekistonning o`z fuqarolarini qurolli mojarolar hududidan qaytarish dasturi va bu sohadagi ijobiy ishlarifuqarolari hozirgacha Suriya, Iroq singari hududlarda qochqin maqomida bo`lgan boshqa davlatlar uchun ham namuna sifatida xizmat qilishi mumkinligi e`tirof etilgan edi.

Yuqorida tahlil qilganimizdek mintaqada Yaqin Sharqdan qaytganlarni reabilitasiya va reintegrasiya qilish jarayoni boshlanganiga ham besh yildan ortiq vaqt o`tmoqda. Bu borada tajriba almashish bilan birga mavjud muammolarni muhokama qilish, faoliyatni muvofiqlashtirib borish ham muhim hisoblanadi. Buning uchun  mintaqada masalani nazariy-amaliy jihatlarini ekspertlar tomonidan chuqur muhokama qilish, tajriba almashish maqsadida o`ziga xos platforma shakllantirilishi muhim edi. O`zbekiston prezidenti tashabbusi  bilan tashkil etilgan reintegrasiya va reabilitasiya bo`yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy kengashining birinchi yig`ilishi 14 mayda Toshkentda tashkillashtirilmoqda.O`zbekiston prezidentining yuqoridagi tashabbusi mintaqada adashganlarni jamiyatga qaytarish borasida yangi yondashuvlarni shakllanishi uchun bu jabhadagi Markaziy Osiyo modelining takomillashuvi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Undan tashqari Markaziy Osiyoda shakllanayotgan yangi mintaqaviy institut ushbu jabhada ko`ptomonlama hamkorlikni yo`lga qo`yish borasida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu kengashdamintaqaning etuk ekspertlari ishtirok etib milliy yondashuvlar asosida mintaqaviy yondashuvni shakllanishiga zamin yaratadilar. Ushbu platforma ham istiqbolda mintaqani birlashtirishga xizmat qiladigan vosita bo`lishi mumkin. Umuman olganda reintegrasiya va reabilitasiya bo`yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy kengashi O`zbekiston rahbariyatining samarali mintaqaviy siyosatini namunasi bo`la oladi. Bu boradagi yangicha yondashuvlar uchun zamin yaratadi.

Oybek Sirojov,

siyosiy fanlar doktori, professor

    Boshqa yangiliklar