AsosiySalomatlik

Xastalik haqida mutaxassisdan tavsiyalar

'Xastalik haqida mutaxassisdan tavsiyalar'ning rasmi

Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Nargiza Parpieva o`z vaqtida muolaja qilinmagan   astma kasalligining noxush oqibatlari haqida ma`lumot berdi.

📌 Keyingi paytlarda dunyo aholisi orasida nafas a`zolari bilan bog`liq xastaliklarga chalinish holatlari ortib bormoqda. Ulardan biri astma kasalligidir.

Xo`sh, u qanday xastalik? Uning o`ziga xos belgilari, davolash usullari qanday? 

❇️ — Astma jiddiy yuqumli bo`lmagan kasalliklar sirasiga kirib, nafas yo`llarining yallig`lanishi va torayishi bilan tavsiflanuvchi surunkali o`pka xastaligi hisoblanadi. Astma so`zi yunon tilidan tarjima qilinganda “bo`g`ilish”, “og`riq” degan ma`nolarni anglatib, u doimiy va takrorlanib turadigan bo`g`ilish xurujlari bilan kechadi.

🫁 Bronxial astma — bronxlarning allergik yoki infeksion sabablarga ko`ra surunkali tarzda yallig`lanishi hisoblanib, xastalik allergen omillarga bog`liq va bog`liq bo`lmagan turlarga bo`linadi.

 

Tibbiyotda allergenlar asosan to`rt guruhga ajratiladi: daraxt gullarining changi, uy changlari, hayvon yungi va boshqalar. Noallergik sabablar sifatida jismoniy yuklamalarning ko`pligi, ruhiy tushkunlik, sovuq havo kabilarni kiritish mumkin. To`g`ri, sovuq havo, virusli infeksiyalar, o`tkir hidlar, asabiylashish allergen hisoblanmaydi, biroq mazkur omillar astma xurujiga turtki bo`lishi mumkin.
 

🏃🏻Xastalik kechayu kunduz muntazam 

yo`tal, bo`g`ilish va nafas chiqarishning qiyinligi, jismoniy mashqlar paytida bo`ladigan yo`tal, ko`krakning “hushtak” chalishi, allergenlar

 bilan muloqotda bo`lganda xurujlarning qo`zg`alganligi hamda ko`krak qafasidagi noqulaylik kabi belgilar bilan kechadi.

😮‍💨 Bemorning nafasi qisilganda tananing diafragma sohasida kuchli og`riq paydo bo`ladi. Xuruj yo`tal tutishi bilan birga kelib, bronxlar ichki yuzasidagi balg`am chiqarib tashlangach, bemor ahvoli birmuncha yaxshilanadi. Kasallik xurujida o`pka alveolalarida gazlar almashinuvi keskin susayadi. 

Bu esa organizmning kuchsizlanishi, nutq muammolari va taxikardiya

 

(yurakning tez urishi)

ni keltirib chiqaradi.

🌧 Shuningdek, ba`zilarda kasallik xuruji jismoniy yuklamalardan so`ng yanada kuchayadi. Ayrimlar esa sovuq havoda nafas olganida ham o`zini yomon his qiladi. Bu, albatta, tananing individual xususiyatiga bog`liq. 

‼️Ushbu xastalikka jiddiy e`tibor qaratish va shifokor ko`rsatmalariga so`zsiz rioya qilish zarur. Aks holda turli ko`ngilsiz hodisalar kelib chiqadi. Agar o`z vaqtida muolaja qilinmasa, astma, hatto, intensiv davo talab qiluvchi og`ir holatlarga ham olib kelishi mumkin. Shu bois unga e`tiborsiz bo`lish aslo yaramaydi.

🌲Bu dard bilan og`rigan insonlarga 

shifokorlar yilda ikki bor tabiat qo`ynida, ayniqsa, archa ko`p ekilgan sihatgohlarda hordiq chiqarishni tavsiya etadi. 

🥜Shuningdek, iste`mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari ham allergik ta`sirlardan xoli bo`lishi talab qilinadi. Unutmang, agar hayot tarzingizda tartibga rioya qilmas ekansiz, bu xastalik bilan kurashish anchayin qiyin kechadi

.

Sog`liqni saqlash vazirligi 

Matbuot xizmati.

@ssvuz

 | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar