1

Surxondaryoda V – VII asrlarga oid arxeologik yodgorlik uy-joy qurish maqsadida tekislab yuborilgan

Jamiyat 23.05.2024, 20:35
Surxondaryoda V – VII asrlarga oid arxeologik yodgorlik uy-joy qurish maqsadida tekislab yuborilgan

Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi V – VII asrlarga oid “Qorabog`tepa-1” arxeologik yodgorligining 585 m3 maydoni fuqaro S.S. va M.S.lar tomonidan uy-joy qurish maqsadida tekislab yuborilib, yodgorlikka 19,3 mlrd. so`mlik zarar etkazilgan. Bu prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda o`tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlandi.

Shuningdek, Sariosiyo tumanidagi mil.avv. III–I asrlarga oid “Hayvontepa” arxeologiya yodgorligining 3500 m3 maydoni “M.I.S” xususiy korxonasi tomonidan issiqxona qurish maqsadida buzilib, yodgorlikka 208,1 mlrd. so`mlik zarar etkazilgan.

Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Eslatilishicha, mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan og`ir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo`llaniladi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1