AsosiyJamiyat
1354

Saida Mirziyoeva o`zi o`qigan liseyga borib, ustozi bilan ko`rishdi

'Saida Mirziyoeva o`zi o`qigan liseyga borib, ustozi bilan ko`rishdi'ning rasmi

Saida Mirziyoeva o`zi o`qigan liseyga borib, ustozi bilan ko`rishdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida video joyladi.

“Har safar may oyida Jizzaxdagi liseyda o`qigan yillarim, u erdagi so`nggi qo`ng`iroq esimga tushadi. Guruh rahbarimiz Zuhra Ziyatovna Yaxshievani ko`rgim kelaveradi. Bu yil niyatimga etdim – jonajon liseyimga bordim, ustozim bilan ko`rishdim.

Rosa sog`ingan ekanman, maza qilib gaplashdik, liseyda o`qigan yillarimni xotirladik, eski rasmlarni tomosha qildik. Liseyimiz hozir maktabga aylantirilibdi. Qadrdon dargohga kirib, sinfxonalarni aylanib, yana talabalik yillarimga – oltin davrimga qaytib qolganday bo`ldim. Eng shirin xotiralarim uyg`ondi.

Hayotda o`z o`rnimizni topishga yordam bergan insonlar bilan, ustozlar bilan tez-tez ko`rishib turish, unutilmas voqealarni eslashib turish kerak ekan. Bu yilgi uchrashuvda shu narsa rosa sezildi”, - deydi Mirziyoeva.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar