AsosiyJamiyat
1847

O`zbekistonda chiqindilarni to`plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun yagona to`lov tariflarini belgilash choralari ko`rilmoqda

'O`zbekistonda chiqindilarni to`plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun yagona to`lov tariflarini belgilash choralari ko`rilmoqda'ning rasmi

Xorazm viloyati hududida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to`plash va olib chiqib ketish bo`yicha ko`rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to`lov tariflari tasdiqlandi. Unga ko`ra:

• Urganch shahri va Urganch tumani bo`yicha aholi uchun 5 880 so`m hamda yuridik shaxslarga 1 m³ uchun 80 640 so`m(QQS bilan) to`lov miqdori belgilandi.   

• Xiva shahri va viloyatning boshqa tumanlarida esa aholi uchun 4 592 so`m hamda yuridik shaxslar uchun 64 400 so`m(QQS bilan) to`lov tariflari miqdori tasdiqlandi.

Bu davlat rahbarining “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog`liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi va “Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to`g`risida”gi Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida amalga oshirildi.

Ma`lumot uchun, hozirda respublikamizning boshqa hududlarida ham qattiq maishiy chiqindilarni to`plash va olib chiqib ketish bo`yicha ko`rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to`lov tariflarini belgilashga doir chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Avvalroq, Qoraqalpog`iston Respublikasida, Toshkent, Qarshi shaharlari va Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Farg`ona, Andijon, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni to`plash va olib chiqib ketish bo`yicha ko`rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to`lov tariflari belgilangan edi.

 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar