AsosiyJamiyat
1543

O`zbekistonda hunarmandlar nemis tilining B1 darajasigacha bepul o`qitiladi

'O`zbekistonda hunarmandlar nemis tilining B1 darajasigacha bepul o`qitiladi'ning rasmi

Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev boshchiligida vazirlik vakillari Germaniya Federal bandlik agentligi rahbari hamda Hunarmandchilik palatasi kengashi rahbari bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Unda bir qator kasblar bo`yicha Germaniyada xorijiy ishchi kuchiga talab yuqoriligi, nemis tilini biladigan, tajribali mutaxassislar uchun barcha eshiklar ochiq ekanligi ta`kidlab o`tildi. Xususan, uchrashuvda elektrik, mexatronika, metallga ishlov berish, hunarmandchilik sohalarida diplom va kamida 5 yillik kasbiy tajribaga ega fuqarolarimizni O`zbekistonda nemis tilining B1 darajasigacha bepul o`qitish loyihasi taklif etildi. O`quv kurslarini yakunlab imtihonlardan muvaffaqiyatli o`tgan nomzodlar Germaniyaga ishlash uchun jo`nab ketishadi.

Shuningdek, viza, avia chipta va Germaniyadagi integrasiya jarayonlari xarajatlari ish beruvchi tomonidan to`liq qoplanishi aytib o`tildi. Ushbu pilot loyiha Germaniya Hunarmandchilik palatasi orqali amalga oshirilib 100 nafar talabgor bilan boshlanadi va uzoq muddatli bandligi taminlanadi.

O`z navbatida nemis tilini o`rganish istagida bo`lgan yosh hunarmandlarga ham bepul o`quv kurslari tashkil etiladi va Germaniya tomonidan ularga stipendiya to`lanadi.

Ushbu loyihani tez orada ishga tushirish uchun Germaniya Federal bandlik agentligi va Hunarmandchilik palatasi markaziy kengashidan iborat delegasiya joriy yilning iyul oyida O`zbekistonga tashrif buyuradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar