AsosiyJamiyat
960

Toshkent viloyatidagi zapravka gazdan uzib qo`yildi

'Toshkent viloyatidagi zapravka gazdan uzib qo`yildi'ning rasmi

Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumanida texnologik reglament talablariga zid ravishda faoliyat yuritgan metan zapravka gaz ta`minotidan ajratildi. Bu haqda “O`zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, «O`zenergoinspeksiya» Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Oqqo`rg`on tumanida joylashgan “A.M.”MChJga qarashli avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchasida o`rnatilgan texnologik jarayonlarining amaldagi me`yor va qoidalarga muvofiqligi yuzasidan o`rganish o`tkazilgan.

O`rganish jarayonida AGTKSh faoliyatida lisenziyalash talab va shartlariga hamda texnologik reglament talablariga zid ravishda faoliyat yuritib kelayotgani aniqlangan. Ushbu holatdagi qoidabuzarlikka sabab bo`luvchi omillar to`liq bartaraf etilgunga qadar mazkur AGTKSh tabiiy gaz ta`minotidan ajratilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar