AsosiyJamiyat
1354

Endi ta`lim krediti faqat kunduzgida o`qiyotgan talabalarga ajratiladi

'Endi ta`lim krediti faqat kunduzgida o`qiyotgan talabalarga ajratiladi'ning rasmi

“Oliy va professional ta`lim tashkilotlari talabalari va o`quvchilariga byudjet mablag`lari hisobidan ta`lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF-82-son, 27.05.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar berdi.

Farmonga ko`ra, 2024/2025 o`quv yilidan  oliy va professional ta`lim tashkilotlarining talaba va o`quvchilariga ta`lim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:

  • oliy va professional ta`lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta`lim krediti faqat kunduzgi ta`lim shaklida o`qiyotgan talaba va o`quvchilarga

 ajratiladi;

ta`lim krediti:

  • oliy ta`lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta`lim tashkilotlari o`quvchilari uchun to`lov-kontrakt summasi miqdorida;
  • oliy ta`lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o`zlashtirishning o`rtacha ko`rsatkichi “3” dan past bo`lgan taqdirda to`lov-kontrakt summasining ko`pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.

Bundan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno.

Bunda ta`lim krediti:

  • OTM talabalari uchun – talabalar to`g`risidagi ma`lumotlar “Talabalarga shartnoma asosida ko`rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish”(kontrakt.edu.uz

axborot tizimi va “Oliy ta`lim jarayonlarini boshqarish”  (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo`lganda;

  • professional ta`lim tashkilotlari o`quvchilari uchun – o`quvchilar to`g`risidagi ma`lumotlar “Professional ta`lim jarayonlarini boshqarish”(prof.edu.uz

axborot tizimida mavjud bo`lganda ajratiladi.

2024/2025 o`quv yili boshlangungacha ta`lim krediti olish uchun arizalarni “Ta`lim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va YaIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar