Xonanda Avazbek Olimov “Go`zal yorim” she`rini shoiraning ruxsatisiz yillar davomida “Sevar yorim” nomi ostida o`zgartirib kuylab kelgani uchun sudga berilgani haqida xabar berilgan edi. Shoira Mahliyo Ahrorova mualliflik huquqlari buzilgani uchun 200 mln so`m ma`naviy zarar hamda 340 mln so`m tovon puli talab qilib sudga shikoyat qilgan.
Fuqarolik ishlari bo`yicha Uchtepa tumanlararo sudi ushbu ish bo`yicha yakuniy qarorini e`lon qildi.
Unga ko`ra, Avazbek Olimov shoiraga 150 mln so`m tovon puli, 20 million so`m ma`naviy zarar, 6 680 000 so`m davlat boji uchun to`lov va 34 ming so`m pochta harajatlarini to`lab beradigan bo`ldi.
Bundan tashqari xonandaga “Sevar yorim” qo`shig`ini ijro etmaslik majburiyati yuklangan.