AsosiyIqtisodiyot

Toshkentdagi International mehmonxonasi sotuvga qo`yildi

'Toshkentdagi International mehmonxonasi sotuvga qo`yildi'ning rasmi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “InterHotel” MChJdagi (International mehmonxonasi) 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish boshlanganini ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, xususiylashtirish bo`yicha konsultant sifatida “Deloitte” kompaniyasi jalb etilgan. Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq bo`lgan muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish usuli asosida tashkil etiladi.

Savdo jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi, jumladan, sotib olish bo`yicha qiziqish bildirish (Express of interest), Majburiyatga ega bo`lmagan taklif (NBO) hamda Majburiyatga ega bo`lan taklif (BO) bosqichlari, yakuniy bosqichda taklif etiladigan qat`iy narx taklifining kamida 1 foizini kafolatli to`lov sifatida amalga oshirilishi belgilanadi.

Arizalar 2024 yil 4 iyul soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) qabul qilinadi.

Ma`lumot uchun, Prezidentning 26 aprel kungi qaroribilan jarayonga 2024 yilning ikkinchi choragida konsultant jalb qilish, ommaviy savdolarni esa 2025 yil birinchi choragida e`lon qilish belgilangandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar