AsosiyJamiyat
1451

“Baxti Tashkentskiy”ga oid jinoiy ish sudda ko`rilmoqda

'“Baxti Tashkentskiy”ga oid jinoiy ish sudda ko`rilmoqda'ning rasmi

“Baxti Tashkentskiy” odam o`limi bilan tugagan qasddan badanga og`ir shikast etkazish bo`yicha ham ayblanmoqda

Jinoyat olami vakili sifatida tanilgan Baxtiyor Qudratullaev va u tashkil qilgan jinoiy uyushma a`zolariga oid ish bo`yicha sud jarayonlari boshlandi. Jinoiy uyushma tarkibida «Baxti Tashkentskiy»ning akasi Shuxrat Qudratullaev, o`g`illari Ixtiyor Qudratullaev va Bekzod Zafarovlar ham bor.

Jinoiy ishida doirasida 37 nafar shaxs sud qilinmoqda. Jinoiy uyushma a`zolari quyidagilarda ayblanmoqda:

Qudratullaev Baxtiyor Zaparovich – Jinoyat kodeksining 104-modda 3-qismi g-bandi (odam o`limi bilan tugagan qasddan badanga og`ir shikast etkazish), 109-modda 2-qismi (qasddan badanga engil shikast etkazish), 138-modda 1-qismi (Zo`rlik ishlatib g`ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 165-modda 3-qismi a-bandi, v-bandi (Tovlamachilik), 168-modda 4-qismi a-bandi, v-bandi (Firibgarlik), 228-modda 3-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 242-modda 1-qismi (Jinoiy uyushma tashkil etish), 243-modda (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 276-modda 2-qismi a-bandi, b-bandi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar), 277-modda 2-qismi b-bandi, v-bandi (Bezorilik).


 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar