Sal avval ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda Neksiya-2 portlagani aks etgan videolar tarqalgan edi.
Ushbu YTHda necha kishi vafot etgani aniqlandi. Ma`lum bo`lishicha, Jizzax viloyati G`allaorol tumanida 28 may kuni Nexia-2 ga o`rnatilgan gaz balloni portlagan.
YTH oqibatida mashina haydovchisi (1961 yilda tug`ilgan), shuningdek, avtomobil salonidagi yana uch kishi: 1968 (haydovchining turmush o`rtog`i), 1993 va 2015 yilda tug`ilgan fuqarolar voqea joyida halok bo`lgan.
Mashina shu kuni M-39 Toshkent-Termiz yo`nalishi bo`ylab harakatlanayotib, avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida gaz quydirgan. Shundan so`ng soat 13:00 atrofida boshqaruv payti mashina gaz balloni portlagan.