AsosiyJamiyat
1383

Toshkentda avtobus va poezd o`rtasida to`qnashuv sodir bo`ldi

'Toshkentda  avtobus va poezd o`rtasida to`qnashuv sodir bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 29 may kuni soat 15:50 larda Toshkent shahar Sergeli tumanida teplovoz va avtobus o`rtasida to`qnashuv sodir bo`ldi. Bu haqida “Toshshahartransxizmat” AJ holatga izoh berdi.

11-sonli yo`nalish haydovchi I.A. boshqaruvidagi avtobus Qumariq ko`chasi bo`ylab harakatlanayotgan vaqtda, tartibga solinmagan temiryo`l kesishmasidan kelayotgan “O`zbekiston temir yo`llari” AJga qarashli teplovoz bilan YTHga uchradi.  

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo`q, avtobus texnik shikastlangan. Hozirda ushbu yo`l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o`rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

Hodisa yuzasidan o`tkazilgan dastlabki surishtiruv harakatlari natijalariga ko`ra, haydovchi I.A. avtobusni boshqarib kelib temiryo`l kesishmasida to`xtagan va boshqa transport vositalari bilan birga harakatni boshlab, temiryo`l kesishmasidan harakatlanib o`tayotgan vaqtida teplovoz avtobusning orqa o`ng tomon kuzov qismiga kelib urilgan.

Shuningdek, teplovoz tartibga solinmagan temiryo`l kesishmasidan harakatlanib o`tishidan avval yo`nalish bo`ylab transport vositalarini to`xtatib turuvchi temiryo`l nazoratchi xodimi voqea joyida bo`lmagani sababli transport vositalarini to`xtatish choralari ko`rilmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar