“O`zekspomarkaz” majmui hamda “Expo Pozition” mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan ko`rgazmada mahalliy korxonalar qatorida Germaniya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya kabi davlatlarning 45 dan ziyod kompaniyasi vakillari ham ishtirok etdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
"Bolalik dunyosi" ko`rgazmasida kichkintoylar uchun turli o`yinchoqlar, gigienik va kosmetik vositalar, vitamin hamda dori-darmonlar, oziq-ovqatlar, kiyimlar, aksessuarlar, shuningdek, bolalar bayramlari uchun ishlab chiqilgan maxsus buyumlar namoyish etildi.
Ko`rgazmada bolalar o`yinchoqlari do`konlari, ishlab chiqarish korxonalari, bolalar uchun mo`ljallangan jurnal va gazetalar ham taqdimotlar o`tkazdi.
Ko`rgazma ishtirokchilari ko`lami ushbu tadbirning naqadar muhim ekanidan dalolat berdi. Yuzlab ishtirokchilar bolalarning bejirim liboslari, maktab anjomlari va boshqa mahsulotlari savdosida ishtirok etdi, etakchi mutaxassislardan maslahat olish imkoniga ega bo`ldi. Bolajonlar esa ular uchun tashkil etilgan mahorat saboqlari va qiziqarli ko`ngilochar dasturlarda qatnashdi.
Xalqaro ko`rgazma doirasida bolalar uchun turli anjumanlar, modalar namoyishi uyushtirilib, kitoblar, ta`lim muassasalari, davriy nashrlar haqida ham batafsil ma`lumot berildi.
«Bolalik dunyosi – 2016» bolalar va o`smirlar uchun tovar va xizmatlar xalqaro ixtisoslashtirilgan ko`rgazmasi aholi, ayniqsa, bolalar va o`smirlarni sog`lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishga keng jalb etish, barkamol avlodni tarbiyalashga doir ilg`or ishlanmalar bilan tanishtirishga xizmat qiladi.
04.02.2023, 10:15
Ijtimoiy tarmoqlarda go`yoki maktab o`quvchilarini o`g`irlashmoqchi bo`lishayotganligi haqida video xabarlar tarqalmoqda.Mazkur video tarqalidan so`ng, bolalarning yaqinlari deb aytilgan audio ham tarqaldi.Holat bo`yicha IIV o`rganish natijalarini...01.02.2023, 09:52
Too`kentda "Captiva" yonib ketdi. Bu haqda YHXX xabar bermoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 2023 yil 1 fevral kuni soat 08:30 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, KXAY...17.01.2023, 12:04
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan 20 yoshli yigitning vafot etgani yuzasidan xabar tarqaldi.Ma`lum qilinishicha, 12 yanvar kuni...13.01.2023, 09:20
Kecha, 12 yanvar kuni Toshkent shahrida 17 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Poytaxt YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma`lumot taqdim etdi.Ma`lum qilinishicha, soat 20:40...