AsosiySport

Navbahor Hamidova Parij-2024 yozgi Olimpiya o`yinlariga yo`llanma oldi

'Navbahor Hamidova Parij-2024 yozgi Olimpiya o`yinlariga yo`llanma oldi'ning rasmi

Navbahor Hamidova Parij-2024 yozgi Olimpiya o`yinlariga yo`llanma oldi.

Boks bo`yicha O`zbekiston ayollar terma jamoasi a`zosi Navbahor Hamidova (-66 kg) Tailandda yakuniga etayotgan Parij-2024 jahon litsenzion turnirida muvaffaqiyatli qatnashib, 4 yillikning eng nufuzli musobaqasi ishtirokchisiga aylandi. Navbahor hal qiluvchi bahsda serbiyalik Kristina Kuluxovadan ustun keldi.

Shu tariqa, boks bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o`yinlarida 11 nafar sportchi bilan qatnashadigan bo`ldi. Yigitlar to`liq tarkibda (7 nafar), qizlar esa tarixda ilk bor 4 sportchi bilan yo`llanmaga ega chiqdi.

    Boshqa yangiliklar