AsosiyJamiyat

Surxondaryoda IIO xodimlarini toshbo`ron qilgan 13 nafar yigit qamaldi (video)

'Surxondaryoda IIO xodimlarini toshbo`ron qilgan 13 nafar yigit qamaldi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda IIO xodimlarini toshbo`ron qilingani aks etgan video tarqaldi.

Viloyat IIB axborot xizmatining ma`lum qilishicha, holat Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida 31 may kuni futbol musobaqasi paytida sodir bo`lgan. Aholi yoshlar o`rtasida futbol va mini futbol musobaqalarini o`tkazish uchun tumanning Obod turmush mahallasida yig`ilgan. O`yin boshlanish vaqtida tomoshabinlardan biri maydonni tark etmasdan, musobaqani boshlashga halaqit qilgan.

Fuqaro uni maydondan chiqarish uchun kelgan IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo`ysunmasdan, faol qarshilik ko`rsatgan. U 12 nafar mahalladoshi bilan birga jamoat tartibini buzib, futbol maydonida shovqin ko`tarib, musobaqa buzilishiga sababchi bo`lgan.

IIB xodimlariga qarshilik ko`rsatgan 13 nafar fuqaroga 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar