AsosiyJamiyat

Samarqandda 9-cinf o`quvchisi mashinada 6 yashar qizni urib yubordi

'Samarqandda 9-cinf o`quvchisi mashinada 6 yashar qizni urib yubordi'ning rasmi

Samarqandda 9-cinf o`quvchisi Nexia-2'da 6 yashar qizni urib yubordi. Bu haqida "Mening yurtim" telekanali xabar berdi.

Hodisa 2 iyun kuni Urgut tumanidagi "Yangihayot" mahallasida sodir bo`lgan. 9-sinf o`quvchisi "Nexia-2" mashinani haydab ko`chaga chiqqan. U yuqori tezlikda harakatlantirib kelayotib, yo`ldan o`tayotgan 6 yoshli qizni urib yuborgan.

Qizaloq shifoxonada ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, vafot etgan.

Ma`lum qilinishicha, bola mashinani otasining ruxsatisiz boshqargan, transportning tormozi ham nosoz bo`lgan.

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar