AsosiyJamiyat

Andijonda yosh qiz yurib ketayotgan "Gentra" oynasidan tanasini chiqarib, ahloqsizligini ko`rsatdi (video)

'Andijonda yosh qiz yurib ketayotgan "Gentra" oynasidan tanasini chiqarib, ahloqsizligini ko`rsatdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda yosh qiz yurib ketayotgan "Gentra" oynasidan tanasini chiqarib, buzuq harakatlar qilgani aks etgan video tarqaldi. 

Viloyat Yo`l harakati xavfsizligi xizmatining ma`lum qilishicha, holat joriy yilning 4 iyun kuni soat 23:50larda, Andijon shahar Milliy tiklanish ko`chasida sodir bo`lgan. 2004 yilda tug`ilgan haydovchi K.A. o`zining “Gentra” rusumli transport vositasini hujjatlarsiz boshqargan va YPX xodimining qonuniy talabiga bo`ysunmagan. Unda yo`lovchi sifatida old o`rindiqda ketayotgan 2007 yilda tug`ilgan T.M. transport vositasining salon qismidan tanasini chiqarib, ayol kishiga xos bo`lmagan noo`rin xatti-harakatlari videotasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.

Mazkur holat yuzasidan, o`tkazilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida qoidabuzar hamda huquqbuzarlar aniqlanib, ularga qonun doirasida tegishli tartibda chora ko`rilgan va profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

    Boshqa yangiliklar