AsosiyJamiyat

Samarqandda ona xorijdagi eriga jahl qilib bolasini qiynadi

'Samarqandda ona xorijdagi eriga jahl qilib bolasini qiynadi'ning rasmi

Samarqandda ona xorijdagi eriga jahl qilib bolasini qiynadi. Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati holat bshyicha ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, Kattaqo`rg`on shahar “Nurafshon” mahallasida yashovchi 1992 yilda tug`ilgan F.M.(ayol), ayni damda chet elda bo`lgan turmush o`rtog`i (qonuniy nikohdan o`tmagan) bilan o`zaro kelishmovchilik natijasida, eriga jahl qilib, voyaga etmagan farzandiga nisbatan jismoniy kuch ishlatib qiynagan. 

Voyaga etmagan farzandiga nisbatan jismoniy kuch ishlatib qiynagan ayolga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) 2-qismi “a” bandi hamda 112-moddasi (O`ldirish yoki zo`rlik ishlatish bilan qo`rqitish) 1qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishildi.

Hozirda bolaning sog`ligi va ahvoli yaxshi, mutaxassislar nazoratiga olingan.


 


 

 

    Boshqa yangiliklar