AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev rafiqasi bilan birga Anqara shahriga tashrif buyurdi

'Shavkat Mirziyoev rafiqasi bilan birga Anqara shahriga tashrif buyurdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rafiqasi bilan birga Turkiyaga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Poytaxtning “Esonbug`a” aeroportida davlatimiz rahbarini Turkiya vise-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Ertaga ikki mamlakat etakchilari raisligida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig`ilishi bo`lib o`tadi.

Muzokaralar doirasida O`zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiya, transport-kommunikasiya, ta`lim va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

Tashrif dasturiga muvofiq, ilk bor ikki mamlakat etakchi korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan qo`shma uchrashuv o`tkazilishi ham rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar