Hozirgina Toshkentdagi muhtasham “Bunyodkor” stadionida O`zbekiston Kubogi ½ finali javob uchrashuvi nihoyasiga etdi. “Bunyodkor” – “Lokomotiv” jamoalari o`rtasidagi yarim final javob uchrashuvi 0:1 hisobida, “temiryo`lchilar” g`alabasi bilan yakunlandi.
Ushbu jamoalar o`rtasidagi yarim final uchrashuvlarining umumiy hisobi bo`yicha “Lokomotiv” jamoasi O`zbekiston Kubogi-2016ning ikkinchi finalchisiga aylandi.
O`zbekiston kubogi-2016. ½ final. Javob uchrashuvi
“Bunyodkor” (Toshkent) – “Lokomotiv” (Toshkent) 0:1
26.11.2016. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni.
Gol: T.Kopadze (75)
Dastlabki uchrashuv: “Lokomotiv” – “Bunyodkor” 1:0
Shunday qilib, 30 noyabr chorshanba kuni Samarqand shahrida bo`ladigan O`zbekiston Kubogi-2016 finalida jamoamiz “Lokomotiv” bilan bahs olib boradi.
“Nasaf” uchun oltinchi final uchrashuvi bo`lsada, shu paytgacha finalda “Lokomotiv” jamoasi bilan tuqnash kelmagan. O`tgan yilgi kubok bahslarida jamoamiz “temiryo`lchilar”ni yarim finalda musobaqadan chiqarib yuborishgan edi.
O`zbekiston Kubogi-2016. Final
“Lokomotiv” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi)
30.11.2016. Samarqand sh., “Dinamo” stadioni. 13:00da





