AsosiyJamiyat

Jizzaxda treyler va uchta yuk mashinasi ishtirokida avtohalokat sodir bo`ldi

'Jizzaxda treyler va uchta yuk mashinasi ishtirokida avtohalokat sodir bo`ldi'ning rasmi

Jizzax viloyati hududidan o`tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan M-39 avtomobil yo`lida to`rtta yuk tashuvchi transport vositalari ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB Yo`l harkati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent—Samarqand yo`nalishi bo`yicha harakatlanib kelayotgan MAN yuk mashinasida yo`lning dovon qismida tushish-chiqish vaqtida nosozlik vujudga kelgan. U yo`lning o`ng chekka qismida to`xtab turgan boshqa bir yuk mashinasi bilan to`qnashgan. Shundan so`ng MAN harakatni davom ettirib, oldinda ketayotgan transport vositalarini tashishga mo`ljallangan avtotreylerga urilgan.

Ikkala transport vositasi ham rul boshqaruvini yo`qotib, beton to`siqqa urilgan va qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketgan. MAN yuk mashinasi esa harakatni davom ettirishi oqibatida yana bir to`xtab turgan yuk tashuvchi mashinasi bilan to`qnashgan.

Hodisa oqibatida yuk mashinalarining haydovchi va yo`lovchilariga tan jarohati etmagan, biroq transport vositalariga jiddiy shikast etgan. M-39 avtomobil yo`lining 1011—1013-kilometrida sun`iy tirbandlik hosil bo`lgan, hozirda YPX xodimlaridan tirbandliklarni bartaraf etish choralari ko`rilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar