Angliya chempionati 13-turida "Manchester Yunayted" jamoasi o`z maydonida "Vest Xem" futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.
Anchagina qiziqarli kechgan bellashuvda 1:1 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Diafra Sako standart vaziyatdan uzatilgan to`pni De Xea darvozasiga aniq yo`lladi.
21-daqiqaga kelib Zlatan Ibrahimovich muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo`limda ham ikki jamoada hisobni tenglashtirish uchun talaygina vaziyatlar bo`ldi, ammo hisob boshqa o`zgarmadi.
"Manchester Yunayted" – "Vest Xem" 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 2 Sako, 1:1 – 21 Ibrahimovich.
"Manchester Yunayted" – De Xea, Roxo, Djons, Darmian, Valensiya, Lingard (Fellayni, 85), Pogba, Errera, Mata (Mxitaryan, 65), Reshford (Runi, 65), Ibrahimovich.
"Vest Xem" – Rendolf, Kollinz, Ogbonna, Kressuell, Antonio, Nobl, Kuyate, Lansini (Ayyu, 74), Obiang, Payet (Feguli, 90), Sako (Fletcher, 66).
Ogohlantirishlar: Pogba (27), Fellayni (88), Kressuell (90), Valensiya (90).