AsosiyJamiyat

42 marotaba yo`l qoidasini buzgan haydovchining ishlab chiqarish uskunasi xatlandi

'42 marotaba yo`l qoidasini buzgan haydovchining ishlab chiqarish uskunasi xatlandi'ning rasmi

Yo`l harakati qoidalarini 42 marotaba buzgani uchun Buloqboshi tumanida yashovchi M.J. o`shancha jarimaga tortilgan.

Majburiy ijro byurosi Buloqboshi tuman bo`limiga M.J.dan jami 17 mln so`mdan ziyod ma`muriy jarimalarni undirilishi belgilangan.

Davlat ijrochisi qarzdorni ogohlantirishiga qaramay, jarima pullari to`lanmagach, M.J.ning yashash xonadonidagi gips ishlab chiqarish uskunasi xatlab qo`yilgan.

Qarzdorlik bartaraf etilmasa, xatlangan uskunani savdoga chiqarish choralari ko`riladi.

    Boshqa yangiliklar