AsosiyJamiyat

Toshkentda Lacetti yonib ketdi

'Toshkentda Lacetti yonib ketdi'ning rasmi

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida «Lacetti» rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt FVB axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, bugun, 12 iyun kuni soat 14:18 da Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko`chasida «Lacetti» rusumli avtomobilda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida, shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko`ra, 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 14:23 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 14:25 da o`chirilgan.

Qo`shimcha qilinishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar to`g`risida ma`lumot kelib tushmadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar