AsosiyJamiyat

"Qorasuv" daryosi o`rtasida qolib ketgan bola qutqarildi

'"Qorasuv" daryosi o`rtasida qolib ketgan bola qutqarildi'ning rasmi

Joriy yilning 10 iyun kuni soat 13:50 da Toshkent viloyati FVBga Yuqorichirchiq tumani hududidan oqib o`tuvchi "Qorasuv" daryosi o`rtasida bir bola qolib ketganligi to`g`risida xabar kelib tushgan. 

Ma`lum bo`lishicha, daryoga cho`milish maqsadida borgan bola suzib holdan toygan va daryo o`rtasidagi orolchaga chiqib olgan. Suv oqimining tezligi yuqori bo`lganligi sababli orqaga qaytishni imkoni bo`lmay qolgan.

Mazkur holat bo`yicha, Toshkent viloyati FVB qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga etib borgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, orolchada qolib ketgan bola maxsus anjomlar yordamida sog`-salomat qirg`oqqa olib o`tilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar