AsosiySiyosat

Koreya Respublikasi Prezidenti Ko`ksaroyda tantanali kutib olindi

'Koreya Respublikasi Prezidenti Ko`ksaroyda tantanali kutib olindi'ning rasmi

14 iyun kuni Ko`ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolni tantanali kutib olish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Qarorgoh oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari ko`tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi oldi va shohsupaga taklif qildi. Davlat madhiyalari yangradi.

Harbiy orkestr sadolari ostida etakchilar faxriy qorovul safi oldidan o`tdilar hamda rasmiy delegasiyalar a`zolarini bir-birlariga tanishtirdilar.

Birgalikda suratga tushilgandan so`ng tor doiradagi muzokaralar boshlandi.

    Boshqa yangiliklar