AsosiyJamiyat
14.06.2024 19:05
1173

Prezidentlar poytaxtdagi Texnopark faoliyati bilan tanishdilar

'Prezidentlar poytaxtdagi Texnopark faoliyati bilan tanishdilar'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdilar.

Oliy martabali mehmonga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar, jumladan, Janubiy Koreyaning «Samsung Electronics» kompaniyasi texnologiyasi asosida tayyorlanayotgan texnika namunalari namoyish etildi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan sanoat majmuasida umumiy qiymati 365 million dollar bo`lgan 16 ta ishlab chiqarish quvvati joylashgan. Bu yil logistika markazi ish boshlaydi.

Mahsulotlar xorijiy brendlar ostida va ularning nazoratida ishlab chiqariladi, ichki va tashqi bozorlarda katta talabga ega. Ular 10 ta davlatga eksport qilinmoqda.

Prezidentlar ikki mamlakat etakchi korxonalari kooperasiyasini kengaytirish, o`zaro tajriba almashish, ilg`or texnologiyalar va innovasiyalarni transfer qilish muhimligini ta`kidladilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar