1

Hindiston aviakompaniyasi Toshkentga parvozlar sonini ko`paytiradi

Jamiyat 14.06.2024, 21:28
Hindiston aviakompaniyasi Toshkentga parvozlar sonini ko`paytiradi

17 avgustdan boshlab Hindistonning "IndiGo" aviakompaniyasi Dehli-Toshkent-Dehli yo`nalishi bo`yicha muntazam yo`lovchi qatnovlari sonini haftasiga to`rt martadan etti martagacha oshirmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports Matbuot xizmati xabar berdi.

Parvozlar har kuni Airbus 320 rusumidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, "IndiGo" aviakompaniyasi 2023 yil 22 sentyabrdan O`zbekistonga muntazam parvozlarni boshlagan. Bunga qadar Hindiston aviakompaniyasi dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi.

"IndiGo" - bosh qarorgohi Gurgaonda (Hindiston) joylashgan hind xususiy arzon aviakompaniyasi. Kompaniya doimiy reyslar va samolyotlar soni bo`yicha mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1