AsosiySiyosat

O`zbekiston Hyundai Rotem kompaniyasidan qariyb 200 mln dollarga oltita tezyurar poezd sotib oladi

'O`zbekiston Hyundai Rotem kompaniyasidan qariyb 200 mln dollarga oltita tezyurar poezd sotib oladi'ning rasmi

"O`zbekiston temir yo`llari" Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi bilan oltita tezyurar poezd xarid qilish bo`yicha 195,7 million dollarlik shartnoma imzoladi.

Shuningdek, ikki davlat temir yo`l operatorlari poezdlarga texnik xizmat ko`rsatish sohasida hamkorlik to`g`risidagi anglashuv memorandumini imzoladilar.

Toshkent va Xiva o`rtasida yangi poezdlar qatnovi yo`lga qo`yiladi. Prezidentga poytaxt va Xiva o`rtasida tezyurar poezd qatnovini yo`lga qo`yish loyihasi taqdim etilgani haqida avvalroq xabar berilgandi.

Xivaga 7 soatda etib borish mumkin bo`lishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar