1

O`zbekiston va Qirg`izistonni bog`lovchi Namangandagi bojxona posti sentyabrda ochiladi

Jamiyat 15.06.2024, 20:58
O`zbekiston va Qirg`izistonni bog`lovchi Namangandagi bojxona posti sentyabrda ochiladi

Namangan viloyatidagi “Uchqo`rg`on”chegara bojxona posti 2024 yilning sentyabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Bojxona qo`mitasi xabar berdi.

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig`i U.Kodirov “Uchqo`rg`on”chegara bojxona postida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Boshqarma boshlig`i post qurilishi bilan tanishuv jarayonida pudrat tashkiloti tomonidan ishlarni jadallashtirish, qurilish sifatiga alohida e`tibor qaratish lozimligi bo`yicha bir qator tavsiyalar berdi.

Shuningdek, qurilish jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf qilish hamda topshiriqlar ijrosini ta`minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

“Mazkur chegara bojxona postining ochilishi Namangan viloyati va Uchqo`rg`on tumani aholisi uchun katta qulayliklar yaratibgina qolmay, logistika, xizmat ko`rsatish sohalarining takomillashtirilishiga ham xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1