1

Shavkat Mirziyoev "BMT Turizm" bosh kotibi bilan uchrashuv o`tkazdi

Siyosat 16.06.2024, 08:31
Teglar: yo cBBC lan ora ham j BBC Uzbek
Shavkat Mirziyoev "BMT Turizm" bosh kotibi bilan uchrashuv o`tkazdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 15 iyun kuni Samarqand shahrida amaliy tashrif bilan yurtimizda bo`lib turgan “BMT Turizm” (Butunjahon turizm tashkiloti) bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuv o`tkazdi.

O`zbekiston bilan BMTning mazkur ixtisoslashgan instituti o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Samarqandda 2023 yil oktyabr oyida bo`lib o`tgan tashkilotning 25-sessiyasida erishilgan kelishuvlarni va ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish jarayoni ko`rib chiqildi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan O`zbekiston tashabbusi bilan 2027 yilni Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili deb e`lon qilish to`g`risidagi rezolyusiya qabul qilingani yuksak baholandi.

Tashkilot zamonaviy turizm infratuzilmasini rivojlantirish va yurtimizga sayyohat qilishni ommalashtirish bo`yicha O`zbekistonning strategik hamkoriga aylangani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar va ob`ektlarni barpo etish, ziyorat va madaniy-ma`rifiy turizmni, jumladan ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirish bo`yicha qo`shma sa`y-harakatlarni davom ettirish muhimligi ta`kidlandi.

Samarqandda faoliyat yuritayotgan Xalqaro turizm akademiyasi imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda mehmondo`stlik va servis sohasida malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

O`zbekistonga turizm yo`nalishini ommalashtirish maqsadida mahalliy turoperatorlarning yirik xalqaro turizm yarmarkalari va ko`rgazmalarida ishtirok etishini qo`llab-quvvatlash borasidagi amaliy hamkorlik kengaytiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1