1

Shavkat Mirziyoev nomiga xorijiy hamkorlardan samimiy qutlovlar kelmoqda

Siyosat 16.06.2024, 17:48
Shavkat Mirziyoev nomiga xorijiy hamkorlardan samimiy qutlovlar kelmoqda

Butun musulmon ummati uchun muqaddas bo`lgan, ezgulik, saxovat, insonparvarlik va hamjihatlik kabi olijanob qadriyatlarni o`zida mujassam etgan, jamiyatda o`zaro hurmat va bag`rikenglikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi  Qurbon hayiti – Iyd al-Adho bayrami munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar etakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan, taniqli jamoat va din arboblaridan samimiy tabriklar kelmoqda.

Qutlovlarda davlatimiz rahbari va O`zbekistonning ko`p millatli xalqiga hurmat-e`tibor so`zlari, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilaklari izhor etilgan hamda do`stlik va ko`p qirrali hamkorlikni bundan buyon ham har tomonlama mustahkamlashga qat`iy intilish bildirilgan.

Jumladan, quyidagilar o`z tabriklarini yo`llagan:

Ikki Muqaddas Masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;

Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Kengashi Raisi Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an;

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev;

Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;

Turkman xalqining milliy etakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev;

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

Birlashgan Arab Amirliklari Vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Birlashgan Arab Amirliklari Vise-prezidenti, Bosh vaziri o`rinbosari, Prezident ishlari bo`yicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o`rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;

Saudiya Arabistoni davlat vaziri, Vazirlar Kengashi a`zosi Turki bin Muhammad bin Fahd bin Abdulaziz Ol Saud;

Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish`al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;

Kuvayt Davlati Valiahdi Saboh Holid al-Hamad al-Muborak as-Saboh;

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;

Marokash Podshohi Muhammad VI;

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tebbun;

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliev;

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy;

Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1