Toshkentdan Bo`stonliqqa olib boruvchi yo`lda yangi tunnel ochildi. Bu haqda IIV JXD xabar qildi.
Toshkent shahridan Bo`stonliqqa “Yangi O`zbekiston” yo`li tomondan borishda va qaytishda yangi qo`shimcha tarmoq yo`llaridagi qurilishning birinchi bosqichi tugallandi. Endi Chorvoq suv ombori tomon ketayotgan haydovchilar chorrahada tirbandlikda turishlari shart emas.
Tunneldan o`tish uchun yo`ldan o`ngga qarab ketish kerak.
Qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanish uchun 4R12 yo`lidan Yangi O`zbekiston ko`chasiga chiqish tashkil etildi.
Tunnel orqali og`ir avtomashinalar va xavfli yuk tashuvchi transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Ular chorrahadan o`tishlari kerak.