AsosiyJamiyat
18.06.2024 13:57
1556

Xorazmda bozor yonib ketdi

'Xorazmda bozor yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 18 iyun kuni soat 02:30 da Hazorasp tumani “Bog`dor” MFY hududida joylashgan “Hazorasp universal savdo kompleksi”AJ hududida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida FVBga xabar tushgan. Bu haqda Xorazm viloyati FVB xabar qildi.

Xabarga asosan  yong`in-qutqaruvchilar soat 02:35 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 04:04 da to`liq bartaraf qilingan. Yong`in-qutqaruvchilarning sa`y-harakatlari natijasida yong`in maydonini boshqa do`konlarga o`tib, kengayishi va savdo kompleksi hududining 4200 kv.m maydoni saqlab qolingan. 

Yong`in natijasida 300 kv.m maydonda aralash turdagi mollar savdo do`konlari yonib zararlangan.

Yong`inning yuzaga kelish sababi hamda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yong`in natijasida tan jarohati olganlar va halok bo`lganlar yo`q.

Voqea joyiga viloyat FVB, IIB boshliqlari hamda tuman hokimi chiqqan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar