AsosiyJamiyat

Sirdaryoda Nexia kanalga qulashi oqibatida besh kishi halok bo`ldi

'Sirdaryoda Nexia kanalga qulashi oqibatida besh kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati Shirin shahrida Nexia-2 Janubiy Mirzacho`l kanaliga qulashi oqibatida besh kishi halok bo`ldi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Ma`lum bo`lishicha,  17 iyun kuni soat 13:00 larda haydovchi avtomashinani ko`prikdan olib o`tish chog`ida boshqaruvni yo`qotgan va avtomobil chap yo`nalishdagi ko`prik to`sinlarini buzib o`tib, kanalga qulagan. Bu haqda Viloyat IIB matbuot xizmatining xabar qildi.

Oqibatda haydovchi va to`rt nafar yo`lovchi cho`kib ketgan.

Sirdaryo viloyati Favqulodda qutqaruv guruhi g`avvoslari tomonidan olib borilgan tezkor qutqaruv ishlari davomida haydovchi va uch nafar yo`lovchining jasadlari hamda Nexia-2 rusumli avtomashina topilib, suvdan olib chiqilgan.

Hozirda avtomashinada bo`lgan yana bir yo`lovchini qidirib topish choralari ko`rilmoqda.

Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar