Jahongir Obidjonov "O`zenergosotish" kompaniyasi boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Kompaniya elektr energiyasini markazlashtirilgan holda xarid qilish va sotish bo`yicha mas`ul bo`ladi, deb xabar qildi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Jahongir Obidjonov 1976 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. 1998 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2006 yilda prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
2004-2007 yillarda O`zbekiston Markaziy bankida turli lavozimlarda ishlagan. 2007-2017 yillarda «O`zsanoatqurilishbank» boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari bo`lgan. 2017-2019 yillarda «O`zbekenergo» boshqaruvi raisining o`rinbosari, shuningdek, boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlagan. U 2020-2022 yillarda «Hududiy elektr tarmoqlari» boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari bo`lgan.
2024 yilda Anglia Rusking University (Britaniya)da magistraturani (MBA) tamomlagan.