AsosiyJamiyat

Farg`onada 1780 ta xonadonga issiqlik energiyasi etkazib berilmaganligi aniqlandi

'Farg`onada 1780 ta xonadonga issiqlik energiyasi etkazib berilmaganligi aniqlandi'ning rasmi

Ko`p qavatli uylarda yashovchilar uchunyilning hamma faslida issiqlik manbaiga ehtiyoj bo`ladi. Ammo ba`zi uylar, xonadonlar issiqlik suvi bilan etarli ta`minlanmasligi oqibatda ayniqsa qish mavsumlarida isitish tizimlari umuman ishlamaydi, ro`zg`orda foydalanishda esa issiq suv  o`rniga sovuq suv keladi. Ammo buholatlar inobatga olinmay xizmat ko`rsatuvchi korxona tomonidan aholiga asossiz qarzdorliklar qo`yiladi. 

Farg`ona shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro O.X xonadoniga asossiz qarzdorlik hisoblanganligi yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasi Farg`ona viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qiladi. Mazkur murojaatga asosan hududiy boshqarma mutaxassislaritomonidan vakolat doirasida o`rganishishlari amalga oshirildi. Bu haqda Raqobat qo`mitasi darakchi.uz’ga xabar berdi. 

Birgina murojaatni o`rganish jarayonidaFarg`ona viloyati “Issiqlik ta`minoti” ishlab chiqarish dispetcher bo`limi (IChDB) tomonidan bir emas, 1780 ta xonadongaissiqlik energiyasi etkazib berilmaganligianiqlandi.

Xususan, 2016 yildan shu kunga qadarmarkaziy tarmoqlarda va isitishqozonxonalarida avariya holatlari(ta`minotdan uzilish) hamda tabiiy gazbosimi pastligi tufayli iste`molchilargabelgilangan me`yorda va sifat darajasida issiqlik manbai etkazib berilmagan.

O`rganish natijalariga ko`ra, xizmatko`rsatuvchi korxona tomonidan aholiga to`liq etkazib berilmagan issiqlik energiyasi uchun  hisoblangan 798,4 mln so`mmablag` asossiz deb topilddi vaiste`molchilar foydasiga qayta hisob-kitobqilinishi ta`minlandi.

Ushbu debitor qarzdorlik yuzasidan mas`ul xodimlar xududlarga biriktirilib, ko`p qavatli uylar kesimida birma-biro`rganib chiqildi hamda MFY va xizmat ko`rsatuvchi shirkatlar ishtirokida dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

O`zbekiston Respublikasi “Iste'molchilarning huquqlarini himoyaqilish to`g`risida”gi Qonunining 21-moddasida sotuvchi (ijrochi) iste'molchinihaq evaziga qo`shimcha tovarlar sotib olishgayoki qo`shimcha xizmatlardan foydalanishgaqistashga, shuningdek ko`rsatilmaganxizmatlar uchun haq olishga haqli emas ekanligi belgilab berilgan.

Hozirgi kunda aholi iste`molchilari xonadonlariga etkazib berilmagan issiqlik energiyasi uchun issiqlik ta`minoti korxonasi tomonidan amalga oshirilgan hisob-kitoblar bo`yicha o`rganish ishlari davom etmoqda.      

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar