AsosiyJamiyat

O`zbekistonda etishtirilgan qovun va tarvuzlar Kuvaytga eksport qilinadi

'O`zbekistonda etishtirilgan qovun va tarvuzlar Kuvaytga eksport qilinadi'ning rasmi

O`zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Kuvaytning "Star Fruit Co. for foodstuffs, vegetables and fruits" kompaniyasiga tashrif buyurdi va bosh direktor Abdurahmon Surur bilan uchrashuv o`tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA .

Unda O`zbekistondan Kuvaytga meva-sabzavotlar eksportini kengaytirish yo`nalishidagi hamkorlikni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Abdurahmon Sururning aytishicha, ikki hafta davomida O`zbekistondan gilos, o`rik, shaftoli kabi 2,1 tonna mevalar sotib olingan. Mazkur ho`l mevalar O`zbekiston kompaniyalari tomonidan "FlyDubai" va "Turkish Airlines" aviakompaniyalarining reyslari orqali Kuvaytga etkazib berilgan. Kuvayt tomoni Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi "S-Agro Termiz orchards" va Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi "National Agroforte" kompaniyalari bilan ushbu yo`nalishdagi hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanini bildirdi.

"Gilos va shaftoli mevalari mavsumiy ekanligini inobatga olib, keyinchalik O`zbekistondan tarvuz va qovun kabi poliz mahsulotlarini ham eksport qilish rejalashtiryapmiz", dedi Abdurahmon Surur.

 

    Boshqa yangiliklar