AsosiyJamiyat

2024 yilda gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlat manfaatlariga jami 552 milliard 500 million so`mlik zarar etkazildi

'2024 yilda gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlat manfaatlariga jami 552 milliard 500 million so`mlik zarar etkazildi'ning rasmi

Gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlat manfaatlariga jami 552 milliard 500 million so`mlik zarar etkazilgan.

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo`jaev ma`lum qildi.

2024 yil 1 yanvardan 15 iyungacha o`tkazilgan 40,8 mingta nazorat tadbirlari chog`ida jami 38,8 mingta noqonuniy holat aniqlandi.

Mazkur noqonuniy holatlarning 13,5 mingtasi tabiiy gazdan, 25,3 mingtasi esa elektr energetikasidan qonunga xilof ravishda foydalanish bilan bog`liqdir.

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari Navoiy, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlarida boshqa hududlarga nisbatan ko`proq aniqlangan.

Hisobot davrida 220,1 milliard so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holatlari bo`yicha 236 ta va 139,5 milliard so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holatlari bo`yicha 479 ta jinoyat ishlari qo`zg`atilgan.

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilishi, tabiiy gaz va elektr energiyasi tarmoqlariga ruxsatsiz ulanib olish holatlariga guvoh bo`lsangiz, Energetika vazirligi huzuridagi “O`zenergoinspeksiya”ning 71-200-02-86 raqamli “Ishonch telefoni”ga, shuningdek, huquqni muhofaza etish organlariga murojaat qilishingiz mumkin. Sizning shaxsingiz sir qolishi kafolatlanadi.


 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar