Butunjahon boks ittifoqi (WBC) iyun oyi uchun yangilangan reytingni e`lon qildi. Yangilangan reytingga umumiy 8 nafar o`zbekistonlik bokschi kiritildi.
8 nafar bokschidan aksariyati reytingda o`z o`rnini yaxshilab oldi. Jumladan, superog`ir vaznda Bahodir Jalolov o`tgan oydagidan 2 pog`ona ko`tarilib 10-o`ringa joylashdi. Birinchi o`ta engil vaznda (47,6 kg) Hasanboy Do`smatov o`tgan oydagidan pog`ona balandlab, 5-o`rin band etdi.
Yarimo`rta vazn toifasida (66,6 kg) Shahram G`iyosov 3 pog`ona balandlab, 8-o`rinni band etgan bo`lsa, Jahongir Rasulov 2 pog`ona yuqoriladi va 31-o`rinni egalladi.
Engil vaznda (50,82 kg) Olimjon Nazarov o`tgan oydagidan 2 pog`ona yuqorilab 30-o`ringa joylashdi.
Supero`rta vazn toifasida (76,2 kg) Bektemir Meliqo`ziev o`tgan oydagi singari 13-o`rinni, birinchi yarimengil vaznda (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliev 4-o`rinni, Mirazizbek Mirzaxalilov esa 28-o`rinni band etdi.