AsosiyJamiyat

Tarbiyachi ishdan olinib, uning bollalarga zo`ravonlik harakati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

'Tarbiyachi ishdan olinib, uning bollalarga zo`ravonlik harakati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Bog`chada bola yana kaltaklandi" sarlavhasi ostida video tarqaldi.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

Aniqlanishicha, Jizzax viloyati G`allaorol tumanida joylashgan 16-sonli maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachisi K.M. (ayol) joriy yilning 13 iyun kuni o`rta guruh tarbiyalanuvchilari xonasiga kelib, go`yoki sho`xlik qilgani uchun tarbiyalanuvchilar T.D. (2018 yilda tug`ilgan, o`g`il bola), A.A. va T.K. (2019 yilda tug`ilgan, o`g`il bolalar) va E.E. (2021 yilda tug`ilgan, o`g`il bola)ni tanasining turli joylariga qo`li va oyoq kiyimi bilan urgan.

Joriy yilning 19 iyun kuni K.M. egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Hozirda G`allaorol tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan tarbiyachining bollalarga zo`ravonlik harakati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar