AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida IIB xodimlari tomonidan kaltaklangan fuqaro vafot etgani aytildi

'Toshkent viloyatida IIB xodimlari tomonidan kaltaklangan fuqaro vafot etgani aytildi'ning rasmi

19 iyun kuni Bekobod shahar JIB sudida sud qaroriga e`tiroz bildirib, tartibsizlik qilgani uchun IIB xodimlari tomonidan fuqarolar aka-uka Dilmurod Yusupvaliev hamda Dilshod Yusupvaliev IIB binosiga majburiy olib ketilgan. So`ngra IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida 1981 yilda tug`ilgan  fuqaro Dilmurod Yusupvaliev tan jarohatlari sababli vafot etgan. Bu haqda sobiq deputat Rasul Kusherbaev xabar berdi. 

 Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`ining matbuot kotibi Bobur Tulyaganov hodisa bo`yicha rasmiy axborot berdi.  

Unga ko`ra, Bekobod shahar Jinoyat ishlari bo`yicha sudiga JKning 104-moddasi 2-qismi "e,k,l" bandlari bilan ayblanuvchi 33 yoshli fuqaro X.Yu.ga nisbatan tergov harakatlari olib borilib, to`plangan hujjatlar mazmunan ko`rib chiqishlik uchun yuborilgan.

Joriy yilning 19 iyun kuni Bekobod shahar sudi tomonidan mazkur jinoyat ishini ko`rish jarayonida, ayblanuvchi X.Yu.ning akalari 1981 y.t. D.Yu. va 1978 y.t. D.Yu.lar ukasiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandan norozi bo`lib, sud zalida janjal ko`tarishgani oqibatida jamoat tartibi buzilishi yuzaga kelgan.  

Mazkur holatda jamoat tartibini tiklash va fuqarolar xavfsizligini ta`minlash maqsadida sud zaliga hududiy ichki ishlar bo`limi xodimlari chaqirtirilgan.  

Chaqiruvga asosan etib kelgan uch nafar IIB profilaktika inspektorlari tomonidan janjal bartaraf qilinib, huquqbuzarlik holati yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida voqea ishtirokchilari shahar IIB binosiga olib borilgan.  

IIB binosiga kirish yo`lagida, fuqarolardan biri 1981 y.t. D.Yu. sog`ligi yomonlashib hushini yo`qotgan.

Xodimlar fuqaroni xizmat avtomashinasida shahar shifoxonasiga olib borganlar. Tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan ko`rikdan o`tkazilgan vaqtida D.Yu. vafot etganligi aniqlangan.

Hozirda fuqaroning o`limi sabablariga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanlangan. Holat prokuratura organlari tomonidan nazoratga olinib, surushtiruv ishlari olib borilmoqda. STE xulosasiga ko`ra qo`shimcha axborot beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar