AsosiySiyosat

Nig`matilla Yo`ldoshev yana 5 yilga bosh prokuror lavozimida qoladigan bo`ldi

'Nig`matilla Yo`ldoshev yana 5 yilga bosh prokuror lavozimida qoladigan bo`ldi'ning rasmi

Senatning ellik uchinchi yalpi majlisida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga nomzod haqidagi masala ko`rib chiqildi. Senatorlar Nig`matilla Yo`ldoshevni Bosh prokuror lavozimiga tasdiqladi.

Nig`matulla Yo`ldoshev bu lavozimda 2019 yil iyulidan buyon ishlab kelmoqda. U ikkinchi muddatga Bosh prokuror lavozimini egalladi.

Amaldagi tartibga ko`ra, Bosh prokurorning vakolat muddati 5 yil. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O`zbekiston Respublikasining Bosh prokurori lavozimini egallashi mumkin emas.

Nig`matulla Yo`ldoshev 1962 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, Toshkent davlat yuridik institutini (hozirda universitet) tamomlagan.

U 1987 yildan 2011 yilgacha prokuratura tizimida turli lavozimlarda ishlagan. 2011 yilda O`zbekiston Adliya vaziri lavozimiga tayinlangan va bu lavozimda 2015 yil yanvariga qadar ishlagan.

Nig`matulla Yo`ldoshev 2015 yil yanvarida prezident qarori bilan senator etib tayinlangan, 2015 yilning 22 yanvarida yashirin ovoz berish yo`li bilan Senat raisi lavozimini egallagandi.

    Boshqa yangiliklar