AsosiyJamiyat

Javlonbek Umarxodjaev “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisi etib tayinlandi

'Javlonbek Umarxodjaev “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisi etib tayinlandi'ning rasmi

Javlonbek Umarxodjaev “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Jamiyat matbuot xizmati xabar qildi.

O`zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi - kompaniyaning yagona aksiyadori qaroriga muvofiq, Javlonbek Oybekovich Umarxodjaev 2024 yil 20 iyun kuni “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi etib tasdiqlandi. U 2023 yil 9 avgustdan beri boshqaruv raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi lavozimida kompaniyaga rahbarlik qilgan edi.

Javlonbek Umarxodjaev mehnat faoliyatini 2008-yilda “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasida boshlagan. 2009-2018 yillarda MAK aviasiya xavfsizligi boshqarmasi boshlig`i bo`lgan. 2018-2021 yillarda “O`zbekiston temir yo`llari” AJning “Toshkent-Sharq” loyihasini amalga oshirish bo`yicha kapital qurilish direksiyasi boshlig`i o`rinbosari va texnik direktori lavozimlarida ishlagan. 2021-2023 yillarda “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining operasion faoliyat bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimida ishlagan.

    Boshqa yangiliklar