AsosiyJamiyat

Zominda 6 tonnadan ziyod chiqindi to`plandi

'Zominda 6 tonnadan ziyod chiqindi to`plandi'ning rasmi

Zomin tumanida viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi boshqarmasi tomonidan viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda Zomin milliy tabiat bog`i bilan hamkorlikda plogging aksiyasi tashkil etildi, deya xabar qilmoqda Ekologiya vazirligi Matbuot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, tadbirda mahallalar faollari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan.

Plogging aksiyasini o`tkazish uchun  tumanning Duoba qishlog`iga kiraverishdagi tog` yo`li tanlab olindi, -  deydi Zomin milliy tabiat bog`i direktori o`rinbosari Husniddin Hazratqulov.  – Ushbu tog` orqali o`tgan yo`llar Zomin milliy tabiat bog`iga olib boradigan yagona yo`l hisoblanadi, dam olish maqsadida kelayotgan aholi asosan shu yo`ldan harakatlanadi.  Afsuski, ekologiya va atrof-muhit tozaligiga befarq bo`lgan aksariyat kishilar avtotransport vositalaridan turli chiqindilarni ushbu yo`lga uloqtirishadi va  tabiatga zarar etkazishadi. Shu sababli jamoatilik vakillari va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududda plogging tadbirini o`tkazib, atrofni chiqindilardan tozaladik.

Plogging davomida 100 ga yaqin ko`ngillilar tomonidan to`plangan 6 tonnadan ziyod maishiy chiqindilar 2 ta maxsus transport vositasi yordamida chiqindi poligoniga joylashtirildi. Hududdagi maxsus ogohlantiruvchi belgilar qayta ta`mirlandi. Milliy tabiat bog`iga olib boruvchi  yo`l atroflari obodonlashtirildi.

 

    Boshqa yangiliklar