AsosiyJamiyat

Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati tashkil etiladi

'Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati tashkil etiladi'ning rasmi

“Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-229-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 Qarorga ko`ra, Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga (Akademiya) quyidagi qo`shimcha vazifalar yuklatildi, jumladan:

  • raqamli kriminalistika sohasida innovasion tadqiqotlar olib borish, katta hajmdagi ma`lumotlar (“Big Data”),sun`iy intellekt va boshqa ilg`or texnologiyalarni tahlil qilib, amaliyotga joriy etish;
  • huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash, olib qo`yish, saqlash va tadqiq qilish bo`yicha tezkor-qidiruv tadbirlari, tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini o`tkazishda raqamli kriminalistika jihatidan amaliy yordam berish;
  • raqamli ekspertizaning zamonaviy texnologiyalari va vositalarini joriy etish.

 Akademiyaning Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi negizida Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti (Institut) tashkil etiladi.

2024 yil 1 avgustdan Institutga raqamli kriminalistika bo`yicha sud ekspertizalari va tadqiqotlarni o`tkazish huquqi beriladi.

 Institut sud-ekspertlik faoliyati qamrovini kengaytirish maqsadida 2024 yil yakunigacha katta hajmdagi ma`lumotlar(“Big Data”) ekspertizasi o`tkazilishini yo`lga qo`yadi.

“Raqamli dalillar yagona reestri” idoralararo avtomatlashtirilgan tizimining sinov versiyasi 2025 yil 1 martgacha, 2025 yil 1 avgustgacha to`liq versiyasi joriy etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar